Agentlik tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich kirish imtihonlari 12-iyul kuni 14 ta hududda tashkil etiladi.
1-bosqich imtihonlari Matematika va ingliz tili fanlaridan har bir fan boʻyicha 40 ta topshiriqdan iborat test shaklida tashkillashtiriladi.
Matematika uchun – 90 daqiqa,
Ingliz tili uchun – 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
Birinchi bosqich saralash imtihoni natijalari asosida 300 nafar eng yuqori koʻrsatkichga ega nomzodlar saralab olinadi va 2-bosqichga tavsiya etiladi.
Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
Shundan so‘ng, qatnashchilar imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani Shaxsiy kabinet orqali yuklab olishlari mumkin.
