Qashqadaryodagi xususiy bogʻchada 2,5 yoshli qizaloq vafot etgani bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi

Qashqadaryodagi xususiy bogʻchada 2,5 yoshli qizaloq vafot etgani bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi

Avvalroq, 20-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida 2,5 yoshli qizaloq vafot etgani haqida xabar bergan edik.

 

 

Shuningdek, marhumaning buvisi qizaloqning otasi Rossiyada ekanini ta’kidlagan.

 

‘‘Onasi bilan poliklinikaga bordik. Shifokorlar bolada hayot nishoni yoʻq edi deyishdi va u ekpertizaga olib ketilganini aytishdi. Uyga borib kutib oʻtirdik. Keyin xabar boʻlgach ekspertizadan murdasini olib keldik. Bizga bola mashinada qolib, dimlanib oʻlgan deyishdi. Bizni hozircha hech kim hech qayerga chaqirgani yoʻq”, — degan Kun.uzʻga qizaloqning buvisi.

 

Holat bo‘yicha, Respublika Bosh prokurorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Xayot Shamsutdinov rasmiy ma’lumot berdi.

 

 

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchisi vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini bildirdi.

‘‘Marhuma qizning oʻlim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Tekshirish harakatlari har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻtkazilishi va natijasi boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Marhumaning yaqinlariga chuqur taʼziya izhor etib, hamdardlik bildiramiz’’, — deyiladi xabarda.