Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritiladi

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida — regulation.adliya.uz — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o’zining telegram sahifasida xabar berdi.

 

 

Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustamalar qoʻllaniladi hamda qabul jarayonlarida inobatga olinadi.

 

 

Ushbu loyihaning 1-bobida Xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati hamda ularning muvofiqlik darajasida quyidagicha tahrirda bayon etilishi belgilangan:

 

 

3. Cambridge Linguaskill     B1 B2 C1 C2

”;

4-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4. Cambridge English Qualifications A1

Movers

A2

Key

(120-139)

B1

Preliminary

(140-159)

B2

First

(160-179)

C1

Advanced

(180-199)

C2

Proficiency

(200-230)

”;

quyidagi mazmundagi 61 va 62-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:

61. Aptis ESOL for Teachers A1 A2 B1 B2 C1
62. Aptis ESOL Advanced     B1 B2 C1 C2

 

 

 

– sertifikatlarni qabul qilishda Common European Framework of Reference (CEFR) shkalasi boʻyicha to‘rta koʻnikma asosida baholanganligi inobatga olinadi (Test of Proficiency in Korean — TOPIK II bundan mustasno);

 

 

– milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni haqiqiyligini tekshirish Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-oʻquv amaliy markazi tomonidan pullik xizmat koʻrsatish orqali amalga oshirilishi mumkin;

 

 

Xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari boʻyicha sertifikatlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritiladi

 

 

– Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga qabul jarayonida “Cambridge University Press and Assessment” tomonidan litsenziyalangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat yuritayotgan vakolatli tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan Linguaskill sertifikatlari uchun imtiyoz taqdim etiladi. Shu bilan birga, ushbu sertifikatda talabgorning shaxsiy fotosurati va pasport maʼlumotlari aks ettirilgan boʻlishi majburiy hisoblanadi;

 

 

– Oliy taʼlimga kirishda chet tili fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatlarning amal qilish muddatini hisoblashda abituriyentlarning onlayn platformada roʻyxatdan oʻtish uchun sertifikatni yuklagan sanasi mezon sifatida olinadi.

 

 

Muhokama jarayoni shu yilning 3-iyuliga qadar davom etadi.