Buxorodagi davlat bogʻchasida metodist va mudira tarbiyachini bolalar oldida urdi (video)

Buxorodagi davlat bogʻchasida metodist va mudira tarbiyachini bolalar oldida urdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Olot tumanidagi MMT da bogʻcha metodisti va rahbari tarbiyachi urishgani tasvirlangan video tarqaldi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, holat Buxoro viloyati Olot tumanidagi 27-bogʻchada aprel oyida sodir boʻlgan.

 

 

Unda ayollar oshxonada bolalar ovqatlanayotgan vaqtda mushtlashib ketgani tasvirlangan. Bogʻcha metodisti va rahbari tarbiyachini oʻrtaga olib kaltaklagani iddao qilingan. Mudiraga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanilgan.