Prezident topshirig‘iga asosan Samarqanddagi maktablarga 17 ta yangi maktab-avtobusi topshirildi

Prezident topshirig‘iga asosan Samarqanddagi maktablarga 17 ta yangi maktab-avtobusi topshirildi

Prezident topshirig‘iga asosan 2025-yil 18-iyun kuni Qo‘shrabot tumanida ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 17 ta yangi maktab-avtobuslari topshirildi. Bu haqida Saida Mirziyoyeva o’zining rasmiy telegram kanalida xabar berdi.

 

 

Bu avtobuslar tumandagi 20 ta olis hududlarda joylashgan maktablarga qatnovchi 750 nafardan ziyod o‘quvchining maktabga xavfsiz va qulay sharoitda yetib borishini ta’minlaydi.

 

 

«Biz har bir bola, qayerda yashashidan qat’iy nazar, sifatli, zamonaviy va munosib ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini juda istaymiz hamda bunga erishish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni yo‘naltiramiz.» – deb yozadi Saida Mirziyoyeva o’z sahifasida.