Avvalroq, joriy yilgi 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik.
1-sinfga onlayn qabul bugun — 20-iyun kuni soat 09:00 dan boshlandi.
Elektron arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yuborish mumkin.
