Talabalar o’rtasida yozgi kibersport musobaqalari o’tkaziladi

Talabalar o’rtasida yozgi kibersport musobaqalari o’tkaziladi

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 1-iyundan 30-avgustgacha yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida, “Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” Respublika chempionati oʻtkazilishi eʼlon qilindi.

 

Unga koʻra, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilotlar, hokimliklar bilan birgalikda “Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” Respublika chempionatining dasturi tasdiqlandi.

 

“Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” musobaqalari “Dota2”, “CS2”, “FC25” oʻyinlari hamda “Just Dance” fijital raqs boʻyicha 3 bosqichda tashkil etilishi nazarda tutilgan.

 

1-bosqich 9-14-iyun kunlari respublikamizdagi barcha oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilsa, 2-hududiy bosqich 16-21-iyun kunlari oʻtkazilib, unda gʻoliblikka erishgan jamoalar 23-25-iyun kunlari Fargʻona viloyatida tashkil etiladigan final bosqichida kuch sinashadi.

 

Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan mazkur “Talabalar kibersport oʻyinlari – 2025” musobaqalarida munosib ishtirok etgan iqtidorli yoshlar mamlakat terma jamoalariga jalb etiladi.

 

Gʻoliblar tegishli darajadagi diplom va medallar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, ularga pul mukofotlari topshiriladi.