Yo‘l o‘rtasida rasmga tushgan talabalarga chora ko‘rildi (video)

Yo‘l o‘rtasida rasmga tushgan talabalarga chora ko‘rildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda piyodalar yo‘lakchasida «vinetka» uchun rasmga tushayotgan bir guruh talabalar videosi tarqalgan edi. Bu holat jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo’lgan.

 

 

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan yo‘l qoidalarini buzgan talabalarga nisbatan choralar ko‘rilgan.

 

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holat Toshkent shahar Yunusobod tumanida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari tomonidan sodir etilgan. Qonunbuzarlik uchun ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasiga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

 

 

Shuningdek, talabalar bilan profilaktik suhbatlar ham o‘tkazilgan.