Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga ijrochi direktor tayinlandi

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga ijrochi direktor tayinlandi

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi loyihasi rahbari Ahmedov Javohir Jamolovich Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati ijrochi direktori lavozimiga tayinlandi.

 

 

U bunga qadar Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ijrochi direktori oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

 

 

Ma’lumot uchun, Javohir Ahmedov – iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. U 2018-2021-yillarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimlarida mehnat qilgan.