Samarqandda bir qiz 11-sinf o‘quvchilarini qasddan urdi. Holatga viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi (video)

Samarqandda bir qiz 11-sinf o‘quvchilarini qasddan urdi. Holatga viloyat IIB rasmiy ma’lumot berdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda ‘‘Koʻcha qizlari maktab oʻquvchi qizlarini urdi’’ sarlavhasi ostida qizlarni urishgani tasvirlangan video tarqaldi.

 

 

Murojaatda keltirilishicha, holat joriy yilning 29-aprel kuni Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani MMTB ga qarashli maktabda sodir bo’lgan.

 

 

Unga ko’ra, qo’shni mahallada yashovchi qizlar maktabga kelib, direktordan ikki o’quvchi qizlarni bir amallab tashqariga chiqarib berishini va baribir qizlarni urmasdan ketmasligini aytgan. Maktab direktori esa dars vaqti boʻlishiga qaramasdan qizlarni maktab tashqarisiga chiqarib bergan.

 

 

Holat bo‘yicha Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi:

 

‘‘2025-yil 29-aprel kuni Pastdarg‘om tumani Qo‘shquduq mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida hamda tumanning 83-sonli umumta’lim maktabi hududida Samarqand shahrida yashovchi 2007-y.t. fuqaro E.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, shu maktabning 11-sinf o‘quvchilarini urib tan jarohati yetkazgan.

 

Mazkur holat bo‘yicha Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2007-y.t. fuqaro E.B. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda’’, — deyiladi xabarda.