Ikki yashar bola dunyoning eng aqlli odamlari klubiga qoʻshildi

Ikki yashar bola dunyoning eng aqlli odamlari klubiga qoʻshildi

Dunyodagi eng aqlli odamlar klubi deb taʼriflanuvchi “Mensa” tashkiloti oʻz safiga ikki yashar britaniyalikni qabul qildi, deb xabar berdi Daily Mail.

 

U tashkilot tarixidagi eng yosh aʼzoga aylandi.

 

“Jozef Harris-Birtill «Mensa”ga 2 yoshu 182 kunligida qabul qilindi. Eng aqllilar klubiga kirish uchun nomzodning IQ darajasi kamida 132 ball boʻlishi kerak. Kichik daho Shotlandiyadagi Sent-Endryus universiteti oʻqituvchilari oilasida tugʻilgan», — deb yozdi nashr.

 

Bola sakkiz oyligida birinchi soʻzini aytdi, hozir ravon oʻqiydi, beshta tilda 10 gacha sanay oladi, ingliz tilida esa 100 gacha va teskarisiga sanaydi.

 

“Jozef Morze alifbosini oʻrganyapti, yunon alifbosini biladi, hozir Mendeleyev davriy jadvaliga qiziqib qoldi”, — dedi bolaning onasi Rouz Harris-Birtill.

 

Jozefning ota-onasi uning aql bovar qilmas oʻqish qobiliyatini sezishgach, “Mensa”ga murojaat qilishdi. Tashkilot oʻz safiga oʻta iqtidorli bolalarni shunchaki qabul qilmaydi, balki ularning rivojlanishi va taʼlimi uchun maxsus dasturlarni ham taqdim etadi.