Vazir jamgʻarmasidan 2025-2026-yillarda toʻlab beriladigan ustama uchun ikkinchi bosqich — suhbat sinovlari natijalari eʼlon qilindi.
Talabgorlar o’z natijalarini pedagog.uzedu.uz – platformasida “Murojaatlarim” boʻlimida koʻrishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, suhbat natijasi boʻyicha 4 va undan yuqori ball olganlar ustamaga tavsiya etilishi belgilangan. Toʻlovlar joriy yilning may oyidan 2026-yilning yanvar (9 oy) oylari davomida toʻlanadi.

