Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 16-maktabning barcha bitiruvchilari milliy sertifikat natijalari bilan oliy taʼlim muassasalariga muddatidan oldin talabalikka qabul qilingan.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur maktab bitiruvchilari IELTS, CEFR kabi xalqaro til sertifikatlariga, shuningdek, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.
Bundan tashqari, mazkur oʻquvchilar matematika, biologiya va tarix fanlaridan xalqaro imtihon va olimpiadalarda yuqori natijalarga erishgan.

