Ayrim yoshlarga oʻqishga kirish uchun tayyorlanish xarajatlari qoplab beriladi

Ayrim yoshlarga oʻqishga kirish uchun tayyorlanish xarajatlari qoplab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-maydagi «Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» qarori qabul qilindi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Qarorda yetim, ota-ona qaromog’idan mahrum bo’lgan, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash choralarining samaradorligini oshirish masalalari ko’rilgan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Qarorga ko’ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj 14-23 yosh oralig’idagi yoshlarga oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun tayyorlanish xarajatlari bir marotaba qoplab beriladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Bunda har bir kurs uchun (5 tagacha fan) har oy yordam puli berib boriladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu yordamning davomiyligi 12 oy.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Ya’ni, o’quvchiga tayyorlanish davrining  12 oy muddatida har bir o’qiyotgan fani uchun nizomda keltirilgan miqdorida yordam puli beriladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy yordam quyidagi miqdorlarda har bir kurs (5 tagacha) uchun hududlar kesimida quyidagicha miqdorda to’lab beriladi:⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  Toshkent shahrida BHMning (bazaviy hisoblash miqdori) 2 baravarigacha (750 ming so’m)⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  Nukus shahri va viloyatlarning markazlarida BHMning 1,5 baravarigacha (562 500 so’m)⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  qolgan hududlarda BHMning 1 baravarigacha (375 ming so’m)⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ijtimoiy yordam quyidagilar toifadagi yoshlar uchun beriladi (14-23 yosh oralig’ida):⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  homiylik belgilangan bolalar;⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  tutinilgan (foster) oilaga berilgan bolalar;⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

– “SOS – Oʻzbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining bolalarni muqobil parvarish qilish xizmati tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari;⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

– respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari;⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari;⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

–  Kichik hajmli bolalar uylari tarbiyalanuvchilari va bitiruvchilari.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Eslatma! Ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun quyidagicha talablar qo’yiladi:⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Yordam olgan yoshlar oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirish uchun tayyorlash kurslariga muntazam qatnashishi zarur.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, oʻqishga kirish uchun tayyorlash kurslari yakuni boʻyicha beriladigan belgilangan namunadagi sertifikatni olish talab etiladi (shunday sertifikat taqdim etilgan taqdirda).⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu yordamdan foydalanish uchun talabgorlar nodavlat ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnomani taqdim etishi kerak bo’ladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠

Muhim!⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur yordam, istisno tariqasida, ota-onasi uch oydan ortiq muddatga chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganligi munosabati bilan homiy tayinlangan Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning farzandlariga ham koʻrsatilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠⁠