Oliygohlarda maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli qachon joriy etiladi?

Oliygohlarda maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli qachon joriy etiladi?

Prezident farmoniga koʻra, 2025/2026-oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarida muqobil taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (part-time education) boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

 

Farmon bilan tasdiqlangan yoʻl xaritasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga oliy taʼlim tashkilotlarida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha kadrlar tayyorlash tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklangan.

 

Unga koʻra 2025-yil iyun-avgust oylarida ilgʻor xorijiy tajribalar asosida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi belgilangan.