Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov telegram sahifasida pedagoglarga toifa berish tizimida muammolar borligi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardagi turli postlarni xayp deb baholadi.
Unga ko’ra, kecha, 23-aprel kuni bu masalada vazirlik kanalida rasmiy munosabat berilgan. Lekin nimagadir hech kim unga eʼtibor ham bermagani hamda faqat negativ va notoʻgʻri maʼlumotlarni tarqatishayotganini ta’kidlagan.
«Bir narsani ishontirib aytmoqchimanki, tizim shaffof va adolatli qilib ishlangan va unga hech kim aralasha olmaydi. Qolgan barchasi bu xayp uchun qilinayotgan ishlar», — dedi vazir o‘rinbosari.
Shuningdek, u postida barcha pedagoglarga omad tilab qolishini qayd etgan.
