Taʼlim tizimiga 3 oyda 1 trln soʻmdan ortiq investitsiya jalb qilingan – Statistika qoʻmitasi

Taʼlim tizimiga 3 oyda 1 trln soʻmdan ortiq investitsiya jalb qilingan – Statistika qoʻmitasi

Milliy statistika qoʻmitasi 2025-yil yanvar mart oylari uchun asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar boʻyicha maʼlumot eʼlon qildi.

 

 

Unga koʻra, 3 oy davomida taʼlim sohasiga 1 trln 257 mlrd soʻm investitsiya jalb qilingan. Bu raqam oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 150 mlrd 936 mln soʻmga koʻproq.

Taʼlim tizimiga 3 oyda 1 trln soʻmdan ortiq investitsiya jalb qilingan – Statistika qoʻmitasi

 

Ammo statistikada ushbu pullar taʼlimning aynan qaysi sohasiga yoʻnaltirilgani haqida maʼlumot keltirilmagan.

 

 

Qayd etish lozim, 2025-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga davlat byudjetidan salkam 60 trln soʻm mablagʻ ajratilishi haqida xabar bergan edik.