Namanganda 10-sinf oʻquvchisi avtomobil boshqarib 4-sinf oʻquvchisini urib yubordi

Namanganda 10-sinf oʻquvchisi avtomobil boshqarib 4-sinf oʻquvchisini urib yubordi

Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida ogʻir yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. 23-sonli maktabning 10-sinf oʻquvchisi otasiga tegishli Cobalt avtomobilini boshqarib, oʻsha maktabning 4-sinf oʻquvchisini urib yuborgan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Olingan maʼlumotlarga koʻra, voyaga yetmagan oʻquvchi mashinani ota-onasi yoʻqligidan foydalanib, yashirincha boshqargan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U harakatlanish chogʻida yoʻlni kesib oʻtayotgan bolani koʻrib, toʻxtashga harakat qilganini, biroq uni urib yuborganini aytmoqda.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ogʻir tan jarohatlari olgan bola kasalxonada vafot etgan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

YTHdan soʻng bolaning otasi Rossiyadan zudlik bilan qaytgan va voqea yuzasidan kechirim soʻragan:⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

“Bu xabarni eshitganimda Rossiya Federatsiyasida edim.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Darhol chiptani olib, uyga qaytdim.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uyda na men, na onasi boʻlganmiz.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Rossiyada boʻlgan vaqtimda ham telefon orqali gaplashganimda, unga: ʼMashina bu oʻyinchoq emas, tegmaʼ, deb ogohlantirgan edim.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Aybdorman, bu ish qanday sodir boʻlganini oʻzim ham tushunmay qoldim.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Endi biz oʻsha bolaning oʻlimiga sababchi boʻlib qoldik.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Avvalo, meni kechirishsin” – deydi voqea ishtirokchisining otasi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (oʻlimga olib kelgan YTH) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠