Qanday turdagi menejerlik sertifikati uchun direktor va o‘rinbosarlarga ustama to‘lanmaydi?

Qanday turdagi menejerlik sertifikati uchun direktor va o‘rinbosarlarga ustama to‘lanmaydi?

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qarorga ko’ra, 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan maktab direktorlariga 50 foiz, maktab direktori oʻrinbosarlariga 30 foiz ustama toʻlanishi belgilangan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Hozirda menejerlik oʻquv kurslari “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom asosida tashkil etilmoqda.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Direktor hamda uning oʻrinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama toʻlash toʻgʻrisidagi norma 2023-yil 25-dekabrda kuchga kirgan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Shu bois, oʻtgan yillar davomida yuqoridagi nizomda nazarda tutilmagan turli xil menejerlik kurslarida oʻqib, sertifikat olgan xodimlarga mazkur ustamalar toʻlanmaydi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Birinchidan, 2023-yil 25-dekabrgacha direktor va uning oʻrinbosarlariga menejerlik oʻquv kurslari tashkil qilinmagan.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ (2023-yilning 5-27-iyun kunlari tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan menejerlik kurslari bundan mustasno)⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Ikkinchidan, direktor hamda oʻrinbosarlarga faqatgina Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida tashkil etilgan menejerlik kurslarida oʻqib, sertifikat olgan taqdirda ustama toʻlanadi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Mazkur ustamani olish istagida boʻlgan rahbar xodimlar A.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠ Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida joriy qilingan menejerlik oʻquv kurslarida oʻqishi hamda menejerlik sertifikatini olishi kerak boʻladi.⁠⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠