Endilikda Turkmaniston o‘quvchilari sinfdan sinfga o‘tish imtihonlarini topshirmaydi

Endilikda Turkmaniston o‘quvchilari sinfdan sinfga o‘tish imtihonlarini topshirmaydi

Bu yildan boshlab Turkmaniston o‘quvchilari sinfdan singa o‘tish imtihonlarini topshirmaydi. Bunday qaror 12 yillik o‘rta ta’lim konsepsiyasidan kelib chiqqan holda qabul qilindi. 

 

 

 

Bungacha turkman umumta’lim maktablari o‘quvchilari to‘rtinchi sinfdan boshlab imtihon topshirar edilar. 12 yillik ta’limga o‘tish butun tizim konsepsiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etdi va shu o‘quv yilidan boshlab sinfdan sinfga o‘tishda imtihonlar o‘tkazmaslikka qaror qilingan.

 

Turkmanistonda maktab ta’limi uch bosqichga bo‘linadi: 1-bosqich — 1—4-sinflar boshlang‘ich ta’lim; 2-bosqich — 5—10-sinflar o‘rta ta’lim; 3-bosqich — 11—12-sinflar yuqori ta’lim.

 

 

 

Shuningdek, 5-sinfga (matematika va turkman tili) va 10-sinfga (geografiya va hayot faoliyati asoslari) o‘tishda imtihonlar saqlanib qoladi. 12-sinfda bitiruvchilar davlat imtihonlarini topshiradilar.