Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Muhammaddiyor Olimjonov AQShning Williams College oliygohiga 100 foizlik grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Grant miqdori 282 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Bu Muhammaddiyor Olimjonov qoʻlga kiritgan ikkinchi toʻliq grant hisoblanadi.
Maʼlumot oʻrnida, Williams College – ilmiy va akademik yutuqlari bilan mashhur boʻlib, eng ilg‘or ta’lim tizimiga ega oliy taʼlim muassasalardan biri sanaladi. Oliygoh U.S. News & World Report nashri reytinglariga koʻra, eng yaxshi qiymatga ega OTM lar ichida 1-o‘rin, eng yaxshi bakalavr ta’limi bo‘yicha 7-o‘rin, ilmiy tadqiqotlar va ijodiy loyihalar bo‘yicha 18-o‘rin, eng innovatsion oliygohlar qatorida 33-oʻrinda qayd etilgan.
