Xorijiy tillardan 5–25-aprel kunlari bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

Xorijiy tillardan 5–25-aprel kunlari bo‘ladigan imtihon uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

 

-imtihonning yozma qismi — 5-6-aprel kunlari;

 

-gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 7-25-aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

 

Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya):

 

Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

 

Talabgorlarni imtihon o’tkaziladigan binoga kiritish imtihon boshlanishidan 30 daqiqa oldin yakunlanadi.