Joriy yilning 26-27-mart kunlari Qashqadaryo viloyatida Asosiy olimpiadaning matematika va informatika fanlari boʻyicha Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.
Qizgʻin kechgan ushbu olimpiadada fanlar kesimida mutlaq gʻolib va sovrindorlar aniqlandi:
Matematika fani bo‘yicha
1-o‘rin: Asadbek Boboqulov – Toshkent shahar, Chilonzor tumani Artel Tech. school NTM,
2-o‘rin: Ozodbek Axtamov – Toshkent shahar, ITMA al-Xorazmiy TIM,
3-o‘rin: Maqsadbek Egamberdiyev – Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ITMA IM.
Informatika fani bo‘yicha
1-o‘rin: Asilbek Sunnatov – Toshkent shahar, Yashnobod tumani ITMA al-Xorazmiy TIM,
2-o‘rin: Javohir Toshtemirov – Toshkent shahar, Yunusobod tumani ITMA M.Ulug‘bek TIM,
3-o‘rin: Ismoilmirzo Inoyatov – Buxoro shahri ITMA PM.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiada natijalariga ko’ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq, g‘oliblikni qo’lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal ball beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.


