Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

Oʻzbekistonda Ramazon hayiti bayrami 30-mart kuni nishonlanadi. Hayitning birinchi kuni 2025-yilda yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart — dushanba kuniga koʻchiriladi.

 

 

Oʻzbekistonda 2025-yil Ramazon hayiti bayrami 30-mart kuni nishonlanadi. Bu toʻgʻrisida prezident qarori qabul qilindi.

 

 

Unga koʻra, Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

 

 

– ishlanmaydigan bayram kuni hisoblanuvchi Ramazon hayitining birinchi kuni 2025-yilda yakshanba — dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 31-mart — dushanba kuniga koʻchiriladi;

 

–  bunda ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy sharoitlar (mavjud uzluksiz ishlab chiqarish, aholiga har kuni xizmat koʻrsatish, navbatchilik asosida ishlash va boshqalar) tufayli ishlanmaydigan bayram kunlari toʻxtatib qoʻyish mumkin boʻlmagan ishlarni bajarishda dam olish kunlari koʻchirilmaydi.

 

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Ramazon hayitini xalqning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun holda oʻtkazish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiriladi.

 

Turizm qoʻmitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoshlarimiz uchun Ramazon hayiti kunlarida ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratiladi.

 

 

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etiladi.