Samarqand shahrida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan bog‘cha bolalarini tashish jarayonida qoidabuzarlik holati aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, 18 o‘rindiqqa mo‘ljallangan transport vositasida jami 24 nafar yo‘lovchi, jumladan bog‘cha tarbiyalanuvchilari tashilgan.
Holat yuzasidan haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Haydovchi 30 yillik tajribaga ega ekanini ta’kidlab, boshqa haydovchilarni transport vositasi sig‘imiga qat’iy amal qilishga chaqirgan.
Aniqlangan holatdan so‘ng bolalar xavfsiz tarzda boshqa transport vositasiga o‘tkazilgan.
Avvalroq, Navoiy viloyatida Damas haydovchisi 23 nafar bog‘cha bolasini mast holatda tashib ketayotgani aniqlangan edi.
