Kimyo fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro’yxatga olish jarayonlari 24-fevraldan 2-martga qadar bo’lib o’tgan edi.
To‘lovlar esa 3-martga qadar amalga oshirildi.
Test sinovlari bugun, ya’ni 15-mart kuni o‘tkaziladi.
Natijalar 15-aprel kuni e’lon qilinadi.
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida oʻtkaziladi.
Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda roʻyxatga olinadi.
Roʻyxatdan oʻtishda talabgorlar oʻzlariga qulay boʻlgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Test sinovlari qaysi fanlardan oʻtkazilishi, roʻyxatga olish muddatlari va test sinovi oʻtkaziladigan sanalar quyidagi rasmda keltirilgan;

