2024-2025 o‘quv yilida eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgan ta’lim yo‘nalishlari qaysilar?

2024-2025 o‘quv yilida eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgan ta’lim yo‘nalishlari qaysilar?

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, 2024-2025 o‘quv yili uchun abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan yo‘nalishlar statistikasi quyidagicha bo’lgan:

 

2024-2025 o‘quv yilida eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgan ta’lim yo‘nalishlari qaysilar?

 

 

1.  Toshkent davlat yuridik universiteti eng ko‘p abituriyent hujjat topshirgan OTMlardan biri bo‘lgan. “Yurisprudentsiya” yo‘nalishi bo‘yicha 8819 nafar abituriyent hujjat topshirgan.

 

 

2. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiyot” yo‘nalishi bo‘yicha 6639 abituriyent hujjat topshirgan. Shuningdek, “Bank ishi” (2998) va “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” (2466), “Buxgalteriya hisobi” (2671) yo‘nalishlari ham abituriyentlar eng ko’p qiziqish bildirgan yo’nalishlardan biri bo‘lgan.

 

 

3. Toshkent tibbiyot akademiyasining “Davolash ishi” yo‘nalishi bo‘yicha 4669 abituriyent hujjat topshirgan. Shuningdek, Andijon davlat tibbiyot instituti (3664) va Samarqand davlat tibbiyot instituti (2683) ham ko‘plab abituriyentlarni jalb qilgan.

 

 

4. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham eng ko’p abituriyent hujjat topshirgan oliygohlardan biri bo’lgan. “Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili” (4177) va “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” (3185) yo‘nalishlari abituriyentlar orasida talab kuchli yo’nalishlardan biri bo’lgan.

 

 

5. Andijon davlat pedagogika instituti va Samarqand davlat pedagogika instituti kabi OTMlarda “Maktabgacha ta’lim” (2767) va “Boshlang‘ich ta’lim” (2540) kabi yo‘nalishlarga ham abituriyentlar boshqalariga nisbatan ko’proq qiziqish bildirgan.

 

 

6. “Stomatologiya” (2580) kabi texnik va tibbiy yo‘nalishlariga ham 2024-2025 0’quv yili uchun qabulida eng ko’p abituriyent birinchi yo’nalish sifatida tanlagan.

 

 

Eslatma! Ushbu statistika 2024-2025 0’quv yili uchun qabulda 5 ta ta’lim yo’nalishidan aynan birinchi yo’nalishga oid ma’lumotlar asosida tayyorlangan.