Qoʻshma dasturda oʻqigan magistrlarga bir yarim yildan buyon diplom berilmayapti?

Ikki yilda kontrakt uchun 4000 ming AQSH dollariga yaqin mablagʻ toʻlagan magistrlar qachon diplom olishini bilmayapti.

 

 

Tahririyatimizga  Toshkent moliya instituti (hozir Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) va Malayziyaning Bayneriy universiteti  (Binary University of Management & Entrepreneurship) o‘rtasida “Binary Graduate School” qo‘shma fakultetida 2022-2023 o’quv yilida magistratura bosqichini tamomlagan talabalarga diplom berilmayotganligi haqida murojaat kelib tushdi.

 

 

Ma’lumot uchun, 2019-yil 26-mart kuni ikki hamkor universitet o’rtasida tashkil etilgan “Binary Graduate School” qo‘shma fakultetining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan.

 

 

 

 

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbar-xodimlari, Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari, Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Hendi Assan va Malayziyaning Bayneriy universiteti prezidenti Tan Sri Dato professor Jozef Adaikalam, universitet rektori, professor Sulochana Nair va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Gilbert Alvin hamda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etishgan. O’sha vaqtda Moliya institutining rektori Ulug‘bek Azizov bo’lgan.

 

 

 

 

Prezidentning 2024-yil  8-fevraldagi qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta oliy ta’lim muassasasiga birlashtirilgan edi. Birlashgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib To‘lqin Zakirovich Teshabayev  tayinlangandi.

 

 

 

 

 

Murojaatni o’rganish maqsadida Iqtisodiyot universitetining Xalqaro bo’lim prorektori va mas’ul xodimi, matbuot kotiblari bilan bog’landik.

 

 

Xalqaro aloqalar departamenti holat yuzasidan yuborgan savollarimizga quyidagicha ma’lumot berishdi:

 

“Qoʻshma taʼlim dasturlari bitiruvchilariga diplom berishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida taʼlim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning
27-bandining 4-kichik bandida “diplom ilovasiga hamkor oliy taʼlim tashkiloti tomonidan berilgan diplom tartib raqami ham kiritilishi” belgilangan. Ushbu meʼyorga muvofiq, qoʻshma taʼlim bitiruvchilariga hamkor xorijiy oliy taʼlim tashkiloti tomonidan diplom berilgandan soʻng, universitet tomonidan davlat namunasidagi diplom beriladi”

 

 

Ammo mas’ullar bitiruvchilarga diplom qachon berilishi va nima uchun bir yarim yildan buyon diplom berilmagani xususidagi savollar ochiq qoldirildi.

 

 

Tez orada ma’lumot berishlarini kutib qolamiz.

 

 

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры