“Aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi taminlanadi” – Farg‘onada o‘qituvchining kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirildi - Ta’lim xabarlari
“Aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi taminlanadi” – Farg‘onada o‘qituvchining kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirildi

Farg’ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi Toshloq tumanidagi 25-sonli maktab o‘qituvchisining kaltaklangani yuzasidan munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 1-aprel kuni maktabning 9 -sinf oʻquvchisi X.S. soat 11.00 larda yaʼni katta tanaffus vaqtida ushbu maktabning 7-sinf oʻquvchisi M.D. ning yuz qismiga sport toʻpini uloqtirganligi boʻyicha, tarix fani oʻqituvchisi O.Mamajonov 9-sinf oʻquvchisini chaqirib qoʻli bilan uni turtgan holda nojoʻya hatti-harakati uchun tanbeh bergan.

Oʻquvchi X.S tarix oʻqituvchisiga ham hurmatsizlik qilgan holda bildirilgan tanbehdan norozichiligini bildirib qoʻl telefoni orqali onasiga qoʻngʻiroq qilib oʻqituvchisi uni urib haqorat qilganligini aytgan.

Tarix oʻqituvchisi O.Mamajonov esa holat yuzasidan maktab direktori M.Temirovoga maʼlumot bergan. Oradan koʻp vaqt oʻtmay oʻquvchining qarindoshlari  2000-yilda tugʻilgan fuqaro X.A. va 2004-yilda tugʻilgan fuqaro X.J lar yetib kelib, maktab qorovulidan direktor oldiga kelishganini aytib, kirish uchun ruxsat soʻrashgan.

Maktab qorovuli tomonidan direktorga xabar berilib, uning ruxsati bilan fuqarolar ichkariga kiritilgan. Vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida, maktab direktori, oʻqituvchi O. Mamajonov va oʻquvchi X.S.hamda uning qarindoshlarini oʻz xonasiga taklif qilgan.

Suhbat jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchining qarindoshlari oʻrtasida oʻzaro kelishmovchilik yuzaga kelib, janjallashib ketishgani oqibatida oʻqituvchi O.Mamajonov, yuz sohasiga qoʻl bilan urilgan zarbadan tan jarohati olgan.

Holatdan xabar topib yetib kelgan maktab-inspektor psixologi tashvish tugmasi orqali qoʻriqlash xodimlarini chaqirgan va zudlik bilan yetib kelgan tuman qoʻriqlash boʻlimi “tezkor harakatlanuvchi guruh” xodimlari tomonidan barcha holat ishtirokchilari hududiy IIB ga olib borilgan.

Ushbu holat yuzasidan hudud profilaktika inspektori tomonidan hujjatlar rasmiylashtirilib, oʻqituvchi O.Mamajonov va oʻquvchi X.S lar sud tibbiy ekspertizasidan oʻtkazilgan.

“Hozirda holat yuzasidan Toshloq tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Ayrim holatlar yuzasidan qoʻshimcha tekshiruvlar talab qilinganligi sababli, tergovga qadar tekshiruv muddati, tuman prokuraturasi tomonidan bir oyga uzaytirilgan.

Aybdorlarga nisbatan jazo muqarrarligi taminlanadi”, – deyiladi boshqarma bildirgan munosabatda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры