Oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim tashkilotlarining pedagog va rahbar xodimlarning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari ma’lum qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab oshganligini ma’lum qildi.

 

Unga ko’ra,

 

–  byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, “Mehribonlik” va Bolalar uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori — 15 foizga;

 

–  byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori — 10 foizga oshgan.

 

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 soʻm, bazaviy hisoblash miqdori — 375 000 soʻm etib belgilangan.

 

Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshishi munosabati bilan Oʻrta maxsus taʼlim va professional taʼlim (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari miqdori bilan quyidagi jadvallar orqali tanishish mumkin:

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры