9-sinflar uchun ona tili va adabiyoti hamda davlat tili fanlaridan test variantlari aniqlandi

9-sinflar uchun ona tili va adabiyoti hamda davlat tili fanlaridan test variantlari aniqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maxsus sayt orqali 9-sinf bitiruvchilari uchun ona tili va adabiyoti fanidan oʻtkaziladigan test variantlarini aniqlash boʻyicha qurʼa tashlandi.

 

Bunda oʻquvchilar 1-iyun kuni 7 va 6-variantlar asosida imtihon topshirishlari maʼlum boʻldi.

 

Maʼlumot uchun: Yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlardan imtihon belgilangan kundan bir kun oldin qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlab olinadi.

 

Avvalroq, 9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi tartibi haqida ma’lumot bergan edik.