Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbek tili bayrami hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan tabrikladi.
Prezident tabrigida bugungi kunda davlat tilini rivojlantirish, uning nufuzi va mavqeini oshirish, xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan katta ishlar amalga oshirilayotganligiga alohida e’tibor qaratdi.
“2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanishi ona tilimiz fidoyilarining sharafli mehnatini rag‘batlantirishga xizmat qilishi shubhasiz”,- deydi Prezident