Bakalavr rus tilini tugatgan talaba, magistraturaning ingliz tili yo‘nalishiga topshirsa bo‘ladimi?

Bakalavr rus tilini tugatgan talaba, magistraturaning ingliz tili yo‘nalishiga topshirsa bo‘ladimi?

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha turdosh oliy ta’lim yo‘nalishlarining Ro‘yxati 32-guruhiga ko‘ra Lingvistika: ingliz tili (yo‘nalish kodi 70230101) magistratura mutaxassisligi uchun quyidagi yo‘nalishlar mos va turdosh sanaladi:

•  5111400-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili,

•  5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili,

•  5120200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti ingliz tili,

•  5112200-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til: ingliz tili,

•  5141400-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili,

•  5121200- Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili),

•  5220100-Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili,

•  5220100-Filologiya: ingliz tili,

•  5220600-Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili,

•  5120900-O‘zbek-ingliz tarjima nazariyasi va amaliyoti,

•  5611500-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati: ingliz tili.

 

Shunga ko‘ra bakalavrni rus tilida tugatgan talaba bu yo‘nalishga topshira olmaydi.