Bunga oid hukumat qaroriga koʻra, kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida o’qiydigan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladi.
Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlarga ajratiladigan pullar maqsadli sarflanishi uchun direktorlar shaxsan javobgar bo‘ladi.