Prezident qaroriga ko‘ra, joriy yildan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi yoki ratsionalizatorlik ishlari diplom ishi hamda magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilinadi.
Shuningdek qarorda, oliy ta’lim muassasalari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan qisqa muddatli maqsadli ishlab chiqarish amaliyotlari tashkil etilishi belgilangan.