Endilikda xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi

Endilikda xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi

Iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Buning uchun xalqaro darajada fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ragʻbatlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda nufuzli xalqaro olimpiadada oltin medal olgan oʻquvchiga – 170 million soʻm, kumush medalga – 102 million soʻm, bronza medal uchun – 68 million soʻm mukofot puli beriladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu bilan birga, ana shu oʻquvchilarning oʻqituvchilari 50 milliondan 150 million soʻmgacha mukofotlanib, ularga bir yilda 100 foizlik ustama olish imkoni yaratiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar jamoasi rahbarlarini ham ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠