Farg‘onada davlat oliygohlari tugatiladimi?

Farg‘onada davlat oliygohlari tugatiladimi?

Prezidentning «Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Qarorga ko‘ra, Fargʻona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali negizida Fargʻona davlat texnika universiteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali negizida Qoʻqon davlat universiteti tashkil etiladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali Fargʻona davlat universiteti tasarrufiga oʻtkaziladi.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠⁠