O‘zbekistonlik 7-sinf o‘quvchisi xalqaro ingliz tili olimpiadasida sovrindor bo‘ldi - Ta’lim xabarlari
O‘zbekistonlik 7-sinf o‘quvchisi xalqaro ingliz tili olimpiadasida sovrindor bo‘ldi

2024-yilning 23-26-sentyabr kunlari Italiyaning Assizi shahrida “Global Hippo Association” tashkiloti tomonidan tashkil etilgan 12-Xalqaro ingliz tili olimpiadasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bu nufuzli tanlovda O‘zbekistondan ham o‘quvchilar qatnashib, o‘z bilimlarini namoyish etishdi.

 

Mazkur tanlovning saralash bosqichlarida 63 davlatdan 88 mingdan ortiq o‘quvchilar qatnashgan bo‘lsa, O‘zbekistondan 4,5 ming maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Surxondaryolik 7-sinf o‘quvchisi Mirabror Rajabboyev “Hippo-2” guruhida xalqaro olimpiadaning faxrli 3-o‘rnini qo‘lga kiritdi.

 

Tashkilotchilar barcha ishtirokchilarni xalqaro ingliz tili sertifikati, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharafini himoya qilgan o‘quvchilar va ularning ustozlariga O‘zbekiston elchixonasi nomidan tashakkurnomalar taqdim etildi.

 

Qayd etish joizki, 2025-yilda ushbu xalqaro ingliz tili olimpiadasining Yevropa bosqichi Venetsiya shahrida, Osiyo bosqichi Samarqand shahrida, yakuniy bosqichi esa Sitsiliya orolida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры