Bayramda oʻqituvchilarga qancha mukofot puli toʻlanishi kerak? - Ta’lim xabarlari
Bayramda oʻqituvchilarga qancha mukofot puli toʻlanishi kerak?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamgʻarmaning mavjud mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgan.

 

Bunda, mukofot puli miqdorini hisoblashda oʻqituvchining oylik maoshi emas, balki mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-son Farmoni bilan 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 mln 155 ming soʻm etib belgilangan.

 

 

Ammo umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisida Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrugʻi sentyabr oyida imzolanadi. Shundan kelib chiqib, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori esa rasman 2024-yil 1-oktyabrdan boshlab oshiriladi, yaʻni 1 mln 155 ming soʻm hisoblanadi.

 

Hozirgi kunda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 1 mln 50 ming soʻmni tashkil etib, uning 50 foizi miqdori 525 ming soʻmni tashkil etadi.

 

Shu sababli, umumtaʻlim muassasalari xodimlari, shu jumladan, rahbar xodimlarini mukofotlash toʻgʻrisidagi Ishchi guruh qarori hamda maktab direktorining buyrugʻi sentyabr oyida imzolanishini inobatga olgan holda mukofot puli miqdorini 525 ming soʻm bo’lishi mumkin.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры