Rahbarlar o‘qituvchining o‘z hisobidan ta’til olishiga ruxsat bermaslikka haqlimi? - Ta’lim xabarlari
Rahbarlar o‘qituvchining o‘z hisobidan ta’til olishiga ruxsat bermaslikka haqlimi?

Xodim o‘z hisobidan ta’til olishga haqli. Lekin buning tartibi mehnat qonunchiligida belgilangan.

 

Mehnat kodeksining 241-moddasiga asosan xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.

 

Shunga ko‘ra xodim o‘z hisobidan ta’til olishi mumkin.

 

Biroq bu ta’tilni olishi uchun u ish beruvchi bilan kelishishi shart. Agar kelishuvga erishilmasa, xodim bu ta’tilni ololmaydi.

 

Lekin xodim MK 242-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar toifasiga kirsa, bu huquqdan ish beruvchining roziligisiz ham foydalanishga haqli.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры