Fizika o‘qituvchisidan milliarderlikkacha: Hindistonlik yigit ta’lim bozorini o‘zgartirib muvaffaqiyatga erishdi

Fizika o‘qituvchisidan milliarderlikkacha: Hindistonlik yigit ta’lim bozorini o‘zgartirib muvaffaqiyatga erishdi

Hindistonlik fizika o‘qituvchisi Alax Pandey bepul onlayn darslardan boshlagan faoliyatini milliard dollarlik biznesga aylantirdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Forbes uning boyligini 1,4 milliard dollarga baholagan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim texnologiyalari haqida gap ketganda, innovatsiyalarni bilim bilan bog‘lay oladigan insonlardan biri, albatta, o‘qituvchidir.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hindistonda 35 yoshli fizika o‘qituvchisi Alax Pandey ana shunday insonlardan biri bo‘ldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

U “Physics Wallah” ta’lim platformasiga asos solib, mamlakatning eng yosh milliarderlaridan biriga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Forbes nashri 2026-yilda uning boyligini 1,4 milliard dollarga baholagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Xo‘sh, u Hindiston ta’lim sohasida qanday o‘zgarish yasab, 1,4 milliard dollar boylik orttirdi?⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Fizika darslaridan YouTube kanaligacha

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Alax Pandey 1991-yilda Hindistonning Prayagraj shahrida tug‘ilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning otasi xususiy pudratchi, onasi esa o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Izoh: Pudratchi — bu ma’lum bir haq (pul) evaziga buyurtmachining topshirig‘ini bajarishni yoki ma’lum bir ishni qilib berishni o‘z zimmasiga olgan ishchi, usta yoki kompaniya (tashkilot).⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oilasi moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan, hatto Pandey maktabda o‘qib yurganida xarajatlarni qoplash uchun uylarini sotishga majbur bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ota-onasiga yordam berish uchun Pandey 9-sinfda o‘qib yurganidayoq boshqa o‘quvchilarga repetitorlik qila boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ U bolaligidan bilim olishga va fizikaga alohida qiziqish bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 11-sinfda esa imtihonlarga tayyorlov kurslarida dars bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maktabni tugatgach, Pandey Hindistondagi Xarkort Butler texnika universitetiga o‘qishga kirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Fizika o‘qituvchisidan milliarderlikkacha: Hindistonlik yigit ta’lim bozorini o‘zgartirib muvaffaqiyatga erishdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2014-yilda Pandey YouTube’da “Physics Wallah-Alakh Pandey” nomli kanal ochib, fizikadan bepul darslar joylashtira boshlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Uning samimiy dars o‘tish uslubi, hazillari va murakkab mavzularni sodda misollar orqali tushuntirishi ko‘plab o‘quvchilarni jalb qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayniqsa, qimmat o‘quv kurslariga qatnashish imkoniyati bo‘lmagan, imtihonlarga tayyorlanayotgan yoshlar uning darslariga katta qiziqish bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Pandeyning faoliyatidagi ilk katta muvaffaqiyat 2018-yilda Physics Wallah ilovasi ishga tushirilganida yuz bergan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bir necha kun ichida ilova 35 ming marta yuklab olingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hozirda undan turli imtihonlarga tayyorlanish uchun 15 million kishi foydalanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu tariqa Physics Wallah asta-sekin yirik ta’lim texnologiyalari platformasiga aylangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Physics Wallah qanday rivojlandi?

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2020-yilda, COVID-19 pandemiyasi davrida onlayn ta’limga talab keskin oshgan bir paytda, Pandey elektron ta’lim uchun PenPencil ilovasini ishlab chiqqan Pratik Bub bilan hamkorlikda “Physics Wallah” kompaniyasiga asos solgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kompaniya asoschilarining aytishicha, ularning maqsadi Hindiston bo‘ylab millionlab o‘quvchilar uchun ta’limni yanada qulay va hamyonbop qilish bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Physics Wallah Hindistonning onlayn ta’lim bozorida sezilarli o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Platforma, asosan, oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan o‘quvchilarga mo‘ljallangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda turli fanlar bo‘yicha kompleks kurslar va onlayn mashg‘ulotlar taklif etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kurslar narxi o‘rtacha daromadli oilalar uchun ham qulay qilib belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kompaniya investitsiyalar jalb qilish orqali faoliyatini kengaytirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2022-yilda u 9 milliard hind rupiyasi (92 mln 998 ming 710 AQSH dollari), 2024-yilda esa WestBridge Capital va Lightspeed Venture Partners venchur fondlaridan 18,6 milliard rupiy (192 mln 197 ming 334 AQSH dollari) miqdorida investitsiya jalb qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Fizika o‘qituvchisidan milliarderlikkacha: Hindistonlik yigit ta’lim bozorini o‘zgartirib muvaffaqiyatga erishdi⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2022-yil avgust oyida Physics Wallah qiymati 1,1 milliard dollarga baholanib, “yakkashox” kompaniyalar qatoriga kirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2024-yil sentyabriga kelib uning qiymati 2,8 milliard dollarga yetgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hindistonning eng yosh milliarderlaridan biri

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2025-yil noyabr oyida Physics Wallah kompaniyasi aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) jarayonini o‘tkazgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ IPO muvaffaqiyatli o‘tib, kompaniya aksiyalari narxi 33 foizga oshgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu esa Alax Pandeyning boyligi ortishiga xizmat qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda kompaniya YouTube’da jami qariyb 100 million obunachiga ega 200 dan ortiq kanalni boshqaradi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shuningdek, u boshqa kompaniyalarni sotib olish orqali faoliyat doirasini kengaytirmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2022-yilda Physics Wallah Birlashgan Arab Amirliklarida faoliyat yurituvchi Knowledge Planet kompaniyasini sotib olib, u yerdagi hind diasporasini ham qamrab olishni maqsad qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ 2023-yilda Hindistonning Xylem Learning ta’lim kompaniyasining 50 foiz ulushini, 2025-yilda esa davlat xizmatiga kirish imtihonlariga tayyorlovchi kompaniyaning 40 foiz ulushini sotib olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Physics Wallah nafaqat imtihonlarga tayyorlovchi kurslarni, balki sun’iy intellekt, ma’lumotlar tahlili, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va bank ishi bo‘yicha ta’lim dasturlarini ham taklif etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bundan tashqari, kompaniya Hindistonning bir nechta shtatida an’anaviy, ya’ni oflayn ta’lim markazlarini ochib, bozordagi mavqeini mustahkamlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bugungi kunda Physics Wallah Hindistonning muvaffaqiyatli ta’lim texnologiyalari kompaniyalaridan biri sifatida e’tirof etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Platforma mamlakatda sifatli va hamyonbop ta’limni keng ommalashtirishga xizmat qilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, 2022-yilda Amazon Prime’da Alax Pandeyning hayoti va muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qiluvchi Physics Wallah nomli serial namoyish etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, O‘zbekistonda 17 ming nafar o‘qituvchi 1 000 AQSH dollaridan ortiq maosh olayotgani haqida xabar berilgandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠