2026-yil IV choragida o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovlari sanalari e’lon qilindi

2026-yil IV choragida o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovlari sanalari e’lon qilindi

2026-yilning IV choragida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlarini o‘tkazish muddatlari e’lon qilindi. Bu haqda Agentlikning Oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish bo‘limi xabar berdi.

 

Xabaringiz bor, 24-sentyabr kuni joriy yilning III choragida o‘tkazilishi rejalashtirilgan nostrifikatsiya sinovlari yakunlandi.

 

Navbatdagi nostrifikatsiya imtihonlari 2026-yilning oktyabr-dekabr oylarida quyidagi muddatlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan:

 

OKTYABR:

  • 2026-yil 15-oktyabr
  • 2026-yil 29-oktyabr

 

NOYABR:

  • 2026-yil 12-noyabr
  • 2026-yil 26-noyabr

 

DEKABR:

  • 2026-yil 10-dekabr
  • 2026-yil 24-dekabr

 

Test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati, test sinovi o‘tkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qo‘shimcha ravishda test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.

 

Izoh: test sinovlarini o‘tkazish muddatlariga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bu haqda qo‘shimcha maʼlumot beriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, nostrifikatsiya imtihoniga tayyorlanish uchun Sinovtest.uz  platformasiga namunaviy testlar joylashtirilgan.

 

Buning uchun platformada roʻyxatdan oʻtish va nostrifikatsiya boʻlimidan kerakli fanni tanlash kifoya hisoblanadi.