Ohangarondagi bog‘chada hasharotlarga qarshi vositani ichib qo‘ygan 3 yoshli bola vafot etdi

Ohangarondagi bog‘chada hasharotlarga qarshi vositani ichib qo‘ygan 3 yoshli bola vafot etdi

Ohangaronda 3 yoshli bola bogʻchada yelim idishdagi hasharotlarga qarshi dorini ichib qoʻyishini natijasida vafot etdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi xabar berdi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlum boʻlishicha, 28-avgust kuni Ohangaron shahridagi 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida 2023-yilda tugʻilgan tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi ishlatiladigan dori vositasini ichib qoʻygan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bola shifoxonaga olib borilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning imkoni boʻlmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Maʼlumotlarga koʻra, bolaning buvisi mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti oshxonasida autsorsing tashkiloti xodimi — oshpaz boʻlib ishlagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hodisa bola buvisining yoniga, oshxonaga kirgan vaqtda sodir boʻlgani aytilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tegishli tashkilotlar bolaning oshxonaga qanday kirgani, xavfli vosita nima sababdan uning qoʻli yetadigan joyda turgani va uni saqlash uchun kim masʼul boʻlganini oʻrganmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Holat yuzasidan yakuniy xulosa tergov va surishtiruv ishlari natijalariga koʻra beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Hodisaning barcha jihatlari har tomonlama tekshirilishi, aybdorligi aniqlangan shaxslarga nisbatan qonun doirasida chora koʻrilishi bildirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠