Toshkentda 1-oktyabrdan jamoat transportlari narxi oshiriladi: taʼrif rejalari boʻyicha talabalar endi qancha toʻlaydi?

Toshkentda 1-oktyabrdan jamoat transportlari narxi oshiriladi: taʼrif rejalari boʻyicha talabalar endi qancha toʻlaydi?

2026-yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportlari uchun yangi taʼrif rejalari joriy etiladi. Shuningdek, avtobus va metro uchun elektron toʻlov qilganda bir martalik foydalanish narxi 2500 soʻmni, naqd pul bilan toʻlaganda 3000 soʻmni tashkil etadi.

 

Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashining qarori bilan 2026-yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportlaridan foydalanish boʻyicha yangi taʼrif rejalari amal qiladi va elektron toʻlov qilganda bir martalik toʻlov narxi 2500 soʻm (avval 1700 soʻmni tashkil etgan), naqd pul bilan toʻlov qilganda esa 3000 soʻm (oʻzgarmadi) etib belgilandi.

 

Shuningdek, yangi taʼrif rejalari va narxlari ham belgilandi. Ularning qiymati safarlar soniga qarab belgilanadi. Faqat avtobuslarda bir kunlik cheksiz taʼrif narxi 11 500 soʻm, bir haftalik tarif 54 000 soʻm, bir oylik tarif esa 250 000 soʻmni tashkil etadi.

Toshkentda 1-oktyabrdan jamoat transportlari narxi oshiriladi: taʼrif rejalari boʻyicha talabalar endi qancha toʻlaydi?

 

Avtobus+metro uchun ham yangi taʼrif rejalari ishlab chiqilgan. Unga koʻra, avtobus va metro uchun bir kunlik cheksiz taʼrif narxi 13 500 soʻm, bir haftalik 73 000 soʻm, bir oylik 345 000 soʻm va bir yillik cheksiz taʼrif esa 2 700 000 soʻm etib belgilangan.

 

Toshkentda 1-oktyabrdan jamoat transportlari narxi oshiriladi: taʼrif rejalari boʻyicha talabalar endi qancha toʻlaydi?

 

Bundan tashqari, bir soat ichida amalga oshiriladigan transferlar uchun imtiyozli va bepul tariflar tasdiqlandi. Ushbu taʼriflar toʻlov elektron kartasi bilan amalga oshirilganda amal qiladi, naqd pul bilan toʻlov qilganda esa chegirmadan foydalanib boʻlmaydi.

 

Bunda, birinchi safar uchun 2500 soʻm undiriladi, avtobusdagi ikkinchi safar 1500 soʻmni tashkil etadi, uchinchi va undan keyingi avtobus safarlari esa bepul boʻladi. Bunday transferlar zanjiri doirasida metroda yoʻl haqi 1500 soʻmni tashkil etadi, agar safar metro orqali boshlansa, unda 2500 soʻm undiriladi.

 

Toshkentda 1-oktyabrdan jamoat transportlari narxi oshiriladi: taʼrif rejalari boʻyicha talabalar endi qancha toʻlaydi?

Muhim! Ushbu 1 soatlik chegirmali taʼrif rejasida yoʻlovchi birinchi transport vositasiga chiqib, toʻlovni amalga oshirgan davrdan boshlanadi. Bir soatlik tarif doirasida metrodan faqat bir marta foydalanish mumkin, metrodan ikkinchi marta foydalanganda esa yangi 60 daqiqalik davr boshlanadi.

 

Yangi taʼrif rejalari boʻyicha talabalar va oʻquvchilar qancha toʻlov qiladi?

 

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentyabrdagi 273-son qaroriga asosan oʻquvchilar, talabalar, nafaqaxoʻrlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun jamoat transportida qatnovlar soniga bogʻliq holda belgilangan transport kartalarining tarif rejalarini 50 foiz miqdorida xarid qilishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, talaba va oʻquvchilar belgilangan narxlarning 50 foizi miqdorida taʼriflarni sotib olishi mumkin.

 

Qonunga muvofiq bepul yoʻl haqidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar ushbu imtiyozni saqlab qoladi.

 

Toshkentda 1-oktyabrdan jamoat transportlari narxi oshiriladi: taʼrif rejalari boʻyicha talabalar endi qancha toʻlaydi?

Eslatma! Oʻquvchilar, talabalar, nafaqaxoʻr va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 50 foizlik chegirma faqatgina taʼriflar uchun amal qiladi. Yaʼni, taʼrif sotib olmasdan, elektron yoki naqd pul orqali toʻlov qilganda umumiy belgilangan narxlarda toʻlov undiriladi.