Joriy o‘quv yilidan boshlab ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan magistratura tizimi joriy etiladi

Joriy o‘quv yilidan boshlab ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan magistratura tizimi joriy etiladi

2026/2027-o‘quv yilidan magistraturada mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, ishlab chiqarish (amaliy) va ilmiy-pedagogik dasturlar bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Hukumatning 2026-yil 17-sentyabrdagi 500-son qarori bilan oliy taʼlim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Qarorga koʻra, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab magistratura bosqichida kadrlar:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

— ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yoʻnaltirilgan — kamida 1-yil;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

— ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan — kamida 2-yil muddatda tayyorlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Magistraturada taʼlim jarayoni aniq magistratura mutaxassisligi oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi, kechki yoki masofaviy taʼlim shakllarida tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ishlab chiqarish (amaliy) dasturida tahsil oladigan talabalar mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib, magistrlik dissertatsiyasi o‘rniga quyidagi ishlardan birini tayyorlab, himoya qiladi:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

  • loyiha ishi;
  • konstruktorlik loyihasi;
  • startap loyihasi;
  • ratsionalizatorlik g‘oyasi;
  • amaliy-ijodiy asar va boshqa turdagi ishlar.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ilmiy-pedagogik dasturga yoʻnaltirilgan magistratura bitiruvchilari tomonidan magistrlik dissertatsiyasi tayyorlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Dissertatsiya dastlabki himoyaga qadar plagiatga tekshiriladi va “yashirin ekspert taqrizi”dan oʻtkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Scopus hamda Web of Science maʼlumotlar bazalarida boʻlgan jurnallarda maqola eʼlon qilgan magistratura talabalari belgilangan tartibda ragʻbatlantirib boriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Magistraturada o‘qish davomiyligini mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib muvofiqlashtirish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Muhim: Yuqoridagi qoidalar Odil sudlov akademiyasi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlarining kunduzgi bakalavriatida tahsil olayotgan pedagoglar farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foizlik chegirma berilishi haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠