“Toshkent metropoliteni” yo‘lovchilarni tig‘iz vaqtlarda tartib-qoidalarga amal qilishga chaqirmoqda

“Toshkent metropoliteni” yo‘lovchilarni tig‘iz vaqtlarda tartib-qoidalarga amal qilishga chaqirmoqda

Toshkent metropolitenida 2026/2027 o‘quv yili boshlangani sabab yo‘lovchilar oqimining sezilarli darajada ortishi ayrim bekatlarda gavjumlikni keltirib chiqarmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilardan tig‘iz vaqtlarda o‘zaro hurmatni saqlash, belgilangan tartib-qoidalarga amal qilish va yuzaga keladigan kichik tirbandliklarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni so‘ramoqda.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Xabaringiz bor, joriy yil 14-sentyabr kuni O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida yuqori bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili boshlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shu munosabat bilan Toshkent shahrida jamoat transportidan, xususan, metropolitendan foydalanuvchilar soni keskin oshdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

“Toshkent metropoliteni” AJ ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni metro xizmatlaridan 1 million 165 ming 550 nafar yo‘lovchi foydalangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Bu metropoliten tarixidagi eng yuqori kunlik ko‘rsatkich hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Avvalgi rekord 2026-yil 8-may kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘sha kuni 1 million 117 ming 61 nafar yo‘lovchi tashilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, 16-sentyabr kuni metropolitendan 1 million 137 ming 794 nafar yo‘lovchi foydalangan. Yo‘lovchilar oqimining ortishi, asosan, o‘quv yili boshlanishi hamda ish va o‘qish vaqtlarida aholining bir vaqtda harakatlanishi bilan bog‘liq.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Metropoliten ma’lumotlariga ko‘ra, ayniqsa, ertalab soat 07:00–09:00 hamda kechki 16:00–19:00 oralig‘ida yo‘lovchilar oqimi keskin ortmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shu sababli ayrim bekatlarda, jumladan, “Chinor”, “Choshtepa”, “Chilonzor”, “Buyuk ipak yo‘li” va “Beruniy” bekatlarida gavjumlik kuzatilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yo‘lovchilar oqimini samarali tashkil etish maqsadida poyezdlar harakati yo‘nalishlar bo‘yicha turli intervallarda yo‘lga qo‘yilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Xususan, Chilonzor yo‘nalishida poyezdlar 1,5–2 daqiqada, O‘zbekiston yo‘nalishida 3 daqiqada, Yunusobod yo‘nalishida 4 daqiqada, Yer usti halqa yo‘nalishida esa 7–8 daqiqada harakatlanmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Yo‘lovchilar oqimining yuqoriligi inobatga olinib, zarur hollarda poyezdlar harakati intervallari qisqartirilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Metropoliten tomonidan tashish jarayoni muntazam tahlil qilinib, harakat jadvali yo‘lovchilar ehtiyojidan kelib chiqib muvofiqlashtirib borilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shu bois tig‘iz vaqtlarda metropolitendan foydalanishda yo‘lovchilarning o‘zaro hurmati va belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishlarini hamda yuzaga keladigan kichik tirbantliklarni toʻgʻri tushungan holda harakatlanishlarini soʻrab qolamiz, — deyiladi “Toshkent metropoliteni” AJ xabarida.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar oqimini muntazam nazorat va tahlil qilib borishini ma’lum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, 2026-yil 15-sentyabr kuni Toshkent shahar avtobuslarida yo‘lovchi tashish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilgani haqida xabar berilgandi. Kun davomida poytaxt jamoat transporti — avtobuslar xizmatlaridan 1 520 113 nafar yo‘lovchi foydalangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠