Qarshida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar surishtiruv olib bormoqda. Holatga MMTB munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshida maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal yuzasiga kelgani bilan bog‘liq video tarqaldi. Videoda bir qizning boshqa bir qizni haqoratlagani va urganini ko‘rish mumkin.
Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Munosabatga ko‘ra, voqea ishtirokchilari H.L., R.R., R.M. va B.M. ekani aniqlangan. Holatga oydinlik kiritish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari chaqirtirilib, voqea tafsilotlari atroflicha o‘rganilgan.
O‘rganish davomida holatning kelib chiqish sabablari, voqea ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlar hamda videoda aks etgan vaziyatga oid boshqa holatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar olingan.
Mazkur holatga huquqiy baho berish uchun tegishli hujjatlar Qarshi shahar IIB bo‘limiga yuborilgan. Hozirda vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda yuqori sinf o‘quvchilari 3-sinf o‘quvchisini temir braslet yutishga majbur qilgan edi.
