Bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari qisqartirildi – vazirlik - Ta’lim xabarlari
Bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishlari qisqartirildi – vazirlik

Yangi 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab TOP-300 oliygohlar ta’lim dasturlari asosida oliy ta’lim yo‘nalishlari 40 foizgacha maqbullashtirilgan.

 

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzova respublika oliy va professional o‘quv muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi haqidagi brifingda ma’lumot berdi.

 

Natijada 306 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 183 taga va 645 ta magistratura mutaxassisliklari 546 taga qisqartirilgan.

 

Maqbullashtirilgan 183 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 546 ta magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari ishlab chiqilib tasdiqlangan, hamda barcha oliygohlarga yetkazilgan.

 

“Shu bilan birga, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni kuchaytirish maqsadida kamida 15 haftalik uzluksiz malakaviy amaliyotlar o‘tkazilishi belgilandi”,– deyiladi brifingda.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры