Rossiya bilan o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilinadi - Ta’lim xabarlari
Rossiya bilan o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilinadi

2023-yilning 25–28-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ta‘lim va ilm-fan vazirligi tomonidan tashkil qilingan professional taʼlim muassasalari o‘rtasida kadrlarni ommaviy tayyorlash yo‘nalishlarida kasbiy mahorat bo‘yicha birinchi marta “Professionallar” chempionati o‘tkazildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish markazi vakillari hamda Shayxontohur tumani, Namangan tumani 1-son, Pop tumani 3-son, Nukus shahar 2-son hamda Vobkent tumani 2-son kasb-hunar maktablari direktorlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston hamda Rossiya vakillari o‘rtasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры