Maktablardagi B2 sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilarga o'quv yili yakunigacha imkoniyat berildi. Yangi ishga kirayotganlar-chi? - Ta’lim xabarlari
Maktablardagi B2 sertifikatiga ega boʻlmagan oʻqituvchilarga o’quv yili yakunigacha imkoniyat berildi. Yangi ishga kirayotganlar-chi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev tomonidan imzolangan xatga ko‘ra faoliyat yuritayotgan xorijiy til o‘qituvchilari kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi talabi 2025/2026-o‘quv yiliga qadar uzaytirilgan edi (mazkur masala yuzasidan Vazirlar Mahkamasining roziligi olingan).

 

Mazkur holatni inobatga olib, 2024/2025-o‘quv yili oldidan B2 darajadagi sertifikatga ega bo‘lmagan maktablarda amalda ishlab turgan xorijiy til o‘qituvchilari bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinmaydi.

 

Shu bilan birga, tegishli darajaga ega bo‘lmagan, hozirda faoliyat olib borayotgan xorijiy til o‘qituvchilari tomonidan belgilangan sertifikatlar 2024/2025-o‘quv yili yakuniga qadar olinishi hududiy boshqarmalar tomonidan nazoratga olingan.

 

Qonunchilikka ko’ra, yangi ishga kirayotgan xodimlardan B2 darajadagi seritfikatlar talab etiladi. Sertifikatga ega bo’lmagan kadrlar ishga olinmaydi.

 

 

Shuningdek, 2024/2025-oʻquv yiliga qadar barcha xorijiy til ustozlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirliklarining qarori (29.05.2024, №3515) 1-ilovasida B2 darajasiga ega boʻlishi lozim bo‘lgan milliy yoki xalqaro sertifikatlar ro‘yxati ma’lim qilindi:

 

 

 

Jumladan, 2021-yilda tasdiqlangan qaror bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlar roʻyxatdan chiqarib yuborilgan:

 

➖ APTIS for teachers
➖ Linguaskill
➖Test of English for International Communication (TOEIC)

 

Muhim! Agar oʻqituvchilar qaror kuchga kirgunga qadar (2024-yil 29-mayga qadar) roʻyxatdan chiqarib yuborilgan sertifikatlarni olgan boʻlsalar ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz va ustamalar qoʻllaniladi.

 

Quyidagi sertifikatlar bilan xorijiy tillarni bilish darajasi emas, balki xorijiy tillar boʻyicha malaka va koʻnikmalar aniqlanadi:

 

➖Teaching Knowledge Test (TKT)
➖ Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL)
➖ Teaching English as a Foreign Language (TEFL)
➖ Teaching English as a Second Language (TESL)
➖ Certificate in English Language Teaching to Adults (CELTA)
➖ Diploma in Teaching English to Speakers of Other Languages (DELTA)

 

Shu sababli ular ushbu roʻyxatga kiritilmagan.

 

 

Eslatma! 2024-yil 29-maydan keyin faqat yangi qarorda koʻrsatib oʻtilgan sertifikatlar amal qiladi.

 

Taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy roʻyxatidan oʻtgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida topshirmasdan, masofadan (Remote, Home Edition va boshqa turlari) olingan sertifikatlarga imtiyoz va ustamalar qoʻllanilmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan chet tili sertifikatlar roʻyxati ushbu yangi qarorning 3-bobida alohida tasdiqlangan boʻlib, ishga kirishda soʻraladigan va ustama toʻlanadigan sertifikatlar roʻyxati qisman farq qiladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры